Millatning kuchi – uning qadriyatlarida
02.04.2025

O‘zbekistonda milliy an’analar va madaniy merosni targ‘ib qilish maqsadida talabalar o‘rtasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri – talaba qizlar qalbida zargarlik san’ati orqali milliy an’analarga muhabbat uyg‘otish, talaba qizlarni milliy meros va an’analar haqida bilimlarini oshirish, Ularga milliy madaniyat va qadriyatlarga hurmat bilan qarashni o‘rgatish hamda milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. O‘ziga xos milliy an’analarni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirish malakasini shakllantirish. An’anaviy qadriyatlar asosida yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish maqsadida 2025-yil 1-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.Muhammedova hamda "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori D.Xudoynazarovalar hamkorlikda 8-Talabalar turar joyi 3-qavatda yashaydigan Turkmanistonlik talaba qizlar bilan zargarlik san’atini targ‘ib etish hamda talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli, unumli va foydali o‘tkazish ko‘nikmalarini o‘stirishni ko‘zda tutgan holda "O‘z an’analarini qadrlagan xalq hech qachon yo‘qolmaydi" mavzusida tadbir tashkil etdilar. Tadbir doirasida zargarlik san’atining tarixi uning zamonaviy yuksalishi va hozirgi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Talaba qizlar uchun mahorat darslari uyushtirilib ularga milliy naqsh va uslublarda zeb-ziynat buyumlari yasash sir asrorlari o‘rgatildi. Shuningdek ularga milliy an’analarimiz va madaniy merosimizning ahamiyati tushuntirildi. Tadbir davomida zargarlik san’atiga qiziqish bildirgan turkmanistonlik talaba qizlarning talablarini qondirish maqsadida universitet psixologi M.K.Muhammedova tomonidan Telegram messenjeri orqali "To‘maris avlod ari" deb nomlangan guruh tuzilib, onlayn tarzda darslarni olib borish yo‘lga qo‘yildi. Xulosa qilib aytganda, yoshlarni milliy an’analarga qiziqtirish – ularning ruhiy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda oilaviy tarbiya, oliygoh, ommaviy axborot vositalari va jamiyatning o‘rni katta bo‘lib, ular yosh avlodni milliy qadriyatlarga yo‘naltirishda faol ishtirok etishi lozim.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova hamda "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori D.Xudoynazarovalar axboroti
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati



