Milliy kiyimlar kuni
28.03.2025
“TIQXMMI”- MTU “Gidromelioratsiya” fakultetida joriy yilning 28-mart sanasida “Milliy liboslar” kuni tadbiri tashkil etildi. Tadbirda fakultetning “Professional ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talaba qizlar, bir guruh faol ayollar ishtirok etishdi.
An’anaviy o‘zbek libosi xon-atlasdan tikilgan ko‘ylaklar ayol va qizlarni juda ko‘rkam va chiroyli qilib ko‘rsatadi. Milliy kiyimlar xon atlas, adras va shunga o‘xshash kiyimlar barchaga birdek chiroyli bo‘lib yarashadi. Ayniqsa, ayollar bosh kiyimi bir vaqtning o‘zida uchta elementni o‘z ichiga oladi: do‘ppi, sharf va salla. O‘zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqning boy madaniy an’analari va turmush tarzining bir qismidir.An’anaviy o‘zbek kiyimidagi asosiy detallardan biri bu bosh kiyimdir. Markaziy Osiyoning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda milliy bosh kiyimi do‘ppi hisoblanadi. Do‘ppi nomi turkiy «tube» dan kelib chiqqan bo‘lib, «yuqori, tepa» deb tarjima qilinadi. Uni erkaklar, ayollar va bolalar kiyishadi. Tadbirda do‘ppi uning kelib chiqishi va ustidagi gullari haqida tushuntirildi. O‘tkazilgan tadbir barchaga a’lo kayfiyat baxsh etdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti dekan maslahatchisi Z. Beknazarova, fakultet tyutori G. Axmedjanovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati