“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Germaniyaning nufuzli Technische Universität Dresden tadqiqot guruhi rahbari Catalin Stefan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
28.03.2025

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Germaniyaning nufuzli Technische Universität Dresden tadqiqot guruhi rahbari Catalin Stefan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Universitet rektori bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ilmiy-tadqiqot loyihalarini kengaytirish, qo‘shma akademik dasturlarni yo‘lga qo‘yish va suv resurslarini boshqarish, atrof-muhit muhofazasi hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzoladi
Shu bilan birga, Germaniyaning DAAD, BMBF va DFG kabi nufuzli ilmiy jamg‘armalariga qo‘shma loyihalar bilan ariza berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilar uchun Technische Universität Dresden doktorantura dasturlarida tahsil olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Catalin Stefan ushbu dasturlar uchun mavjud grant va stipendiya imkoniyatlari, shuningdek, doktorantura tadqiqotlari uchun ilg‘or ilmiy yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.







