GDCAU loyihasi doirasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
27.03.2025
Unda Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti va TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti vakillari ishtirok etib, o‘z universitetlari haqida taqdimot qildilar. Ushbu uchrashuvda asosiy masala sifatida loyiha doirasida qanday bir-birimizga yordam bera olishimiz va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish qanday manfaatlar keltirishi mumkinligi muhokama qilindi.
Tadbir davomida har ikki universitet o‘z tajribasi va ilmiy ishlanmalarini taqdim etib, ekologik barqarorlik, yashil texnologiyalar hamda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha fikr almashdilar. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida akademik almashinuv dasturlari, ilmiy loyihalarda hamkorlik va ekologiya yo‘nalishida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish belgilandi.
Uchrashuv natijasida asosiy e’tibor universitetlarda Green Deal Centre larni ochishga qaratilib, bu markazlar ekologik tadqiqotlar va barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi kelishib olindi. Ushbu tashabbus orqali innovatsion loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmoqda
Universitet matbuot xizmati