Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv

27.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Bugungi kunda maktab bitiruvchilarining o‘zlari xohlagan va qiziqqan oliy ta’lim muassasalarini tanlashlari eng dolzarb masalalardan biridir. Bitiruvchilarning oliy ta’limlarga kirishi yoki malakali kasb egalari bo‘lib yetishishlari ularga berilayotgan ta’lim sifati, yaratilayotgan shart-sharoitlarga bog‘liq ekanligi ma’lum. Ushbu yoshlarni zamonaviy kasb egallashda ko‘maklashish joylardagi mavjud muammolarni o‘rganib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Jumladan bugungi kundagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirilgan mutaxassisliklarning bir nechtasi aynan universitetimizning 60722900-Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnika) va 60711500-Mexatronika va robototexnika ta’lim yo‘nalishlaridir. Ushbu yo‘nalishlarni targ‘iboti asnosida “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi assistentlari M. Begmatov va A. Mustafoqulovlar Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil qildi. Uchrashuv davomida bitiruvchilarini Universitetimizdagi mavjud shart-sharoitlar, fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari va qilingan ishlarni yoritish maqsadida videorolik, taqdimot va boshqa materiallar namoyish etildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.