ICTPA-2025 xalqaro konferensiyasi boshlandi
25.03.2025

Bugundan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutida “International Conference on Theoretical Physics and Astrophysics” konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Rasmiy ochilish marosimida Otabek Maxkamov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari, Bahodir Mirzayev – "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori, Sadulla Baxramov – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-matematika va texnika fanlari bo‘limi akademik kotibi va WANG Xin Sunny – Gonkong Fizika jamiyati faxriy kotibi so‘zga chiqdilar.
Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etib, nazariy fizika va astrofizikaning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
Konferensiya 2025-yil 28-mart kuniga qadar davom etadi







