Universitetimizga xalqaro grant doirasida Janubiy Koreya vakillarining tashrifi
19.03.2025
Joriy yilning 18-mart sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga xalqaro grant doirasida Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universitetidan Prof.Dr.Sanseog Lee va uning rafiqasi tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, “Xalqaro
hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet” granti dasturi bo‘yicha “Education
Competency Enhancement Project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National
Research University in Uzbekistan” (01.04.2024-31.03.2029) xalqaro loyiha o‘z
faoliyatini 2024 yil 1 aprel sanasidan boshlagan edi.
Xalqaro loyihaning
O‘zbekistondagi koordinatori “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori,
Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich hisoblanib, Janubiy Koreyadagi loyihaning
bosh koordinatori Prof. Lee Sangseo bilan uchrashib, belgilangan bir qator
vazifalar va ularni amalga oshirilishi bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.Tashkil
qilingan muhokamada universitetimizdan Prof. Baratov va dotsent G.Eshchanova ham qatnashishdi.
Mazkur uchrashuvda loyihaning birinchi yilida hamkorlar tomonidan chop etilgan darsliklar, namunaviy dastur, Mexatronika texnikumning birinchi va ikkinchi yilida o‘qitiladigan fanlar atroflicha muhokama qilindi. Keymyung Kollej Universiteti professorlari bilan hamkorlikda keying yil uchun chop etilishi nazarda tutilgan 5ta darslik bo’yicha takliflar atroflicha muxokama qilindi.
Mazkur loyihaning asosiy
ikkita yo‘nalishi quyidagilardan iborat:
1. Universitetda Xalqaro Mexatronika
texnikumini yo‘lga qo‘yish orqali mexatronika va robotexnika yo‘nalishlari
bo‘yicha mutaxassislarni Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti ilg‘or
texnologiyasi va tajribasi asosida tayyorlash, kerakli uskunalarni 5ta
laboratoriyaga joylashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirishdan iborat.
2. Universitetda “Raqamli Ta’lim
Innovatsiya Servis Markazi” (Digital Education Innovation Support Centre)ni
tashkil qilish, mamlakatimizda raqamli ta’lim va innovatsiyani rivojlantirishda
qabul qilingan isloxotlar, xalqaro texnikumda faoliyat olib boruvchi
professor-o‘qituvchilar va talabalarning turli xalqaro platformalari orqali
samarali faoliyatni amalga oshirish, O‘zbekistonda qizlar va ayollarni
daromadlarini oshirish, Gender tenglik kabi masallarni hal qilishga qaratilgan.
Muxokama davomida
shuningdek “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti qoshida ta’lim malakalarini
oshirishda rahbarimizning amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari, mavjud
takliflarni hamkorlikda o‘rganish orqali erishilayotgan ijobiy natijalar
to‘g‘risida loyiha a’zosi “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova
to‘xtalib o‘tib, unda O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma loyihasi doirasidagi
aniq rejalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir
ishtirokchilariga Go‘zal Eshchanova tomonidan universitetimizda loyiha
doirasida ochilishi nazarda tutilgan “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi
(DEISC) haqida, markazda Xotin qizlar Qo‘mitasi a’zolarining faoliyati haqida,
Start-up loyihalarida ishtirok etish, tadbirkorlik bo‘yicha faoliyatlarni
samarali yo‘lga qo‘yish, xar qanday sohada IT ko‘nikmalarni Janubiy Koreyaning
yetuk tajribasini qo‘llagan xolda takomillashtirish kabi masalalarga oydinlik
kiritildi.
Bundan tashqari markazni
tashkil qilishda “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markaz (DEISC)” faoliyatini
yo’lga qo’yish, Keymyung Kollej Universitetidan markazga kerakli uskunalarni
qabul qilib olish, yangi o’quv yiliga qadar loyixa talablari bo’yicha
bajarilishi lozim bo’lgan qator topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib borish,
Markazda Koreys va Ingliz tillarini o‘rgatish, ayollarni bo‘sh vaqtlarini
samarali tashkil qilish haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarni
aynan qo‘shma loyiha doirasida amalga oshirish imkoniyatlari haqida ham
atroflicha to‘xtab o‘tildi.
Universitetimizga tashrif buyurgan xamkorlarimiz '"Professional ta'lim" kafedrasiga ham tashrif buyurishdi. Kafedra mudiri dotsent Muqimova Dilrabo Innatovna Janubiy Koreyalik vakillar bilan universitetimiz o'rtasidagi xalqaro hamkorlik xaqida suxbatlashib, Keymyung Kollej Universitet bilan Pedagogika va Psixologiya ta'lim yo'nalishlarida mavjud bo'lgan o'zaro tajriba almashiinish imkoniyatlari xaqida muloqot qildilar. Kafedra professor-o'qituvchilaridan dotsent Jumanov Alisher ham mazkur uchrashuvda ishtirok qilib, o'zining ikki universitet doirasidagi xamkorlikni yanada kuchaytirish bo'yicha fikr-muloxazalarini bildirib o'tdi.
Bundan tashqari dotsent Dilrabo Muqimova xalqaro grant doirasida universitetimizda ochilishi rejalashtirilgan “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi” (Digital Education Innovation Support Centre) tashabbusiga ijobiy fikrlar bildirib, davlatimizda raqamli ta’lim va innovatsiyani rivojlantirishda qabul qilingan isloxotlar, ta'lim jarayonini raqamlashtirishda professor-o‘qituvchilar va talabalarning Janubiy Koreyaning xalqaro platformalarini qo'lllashni amalga oshirish, O‘zbekistonda qizlar va ayollarni shu markazga jalb qilish orqali Keymyung Kollej Universiteti bilan yaqin xamkorlikda ishlash bo'yicha o'zlarining aniq taklif va tavsiyalarini berib o'tdilar. "Professional ta'lim" kafedrasi bilan yaqin xamkorlik qilish bo'yicha Prof.Dr.Sanseog Lee bilan qiziqarli muzokaralar olib borildi. Mexmonlar shuningdek shu kafedraning professori Zuxra Karabayevna bilan ham yaqindan tanishishga muvaffaq bo'lishdi va har ikkala davlatda mavjud ayyolar masalalariga ham atroflicha to'xtalib o'tishdi.
Umid qilamizki, bu kabi xalqaro
loyiha doirasida hamkorlikda olib borilayotgan sa’yi xarakatlar
universitetimizda shu soxada ta’lim olishni istovchi yoshlarga va loyixa
mavzusida o’z bilim tajribalarini oshirish istagida bo'lgan
professor-o’qituvchilarga yordam beradi.