Smart Solutions System ga amaliy tashrif
19.03.2025

“Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Bitiruv oldi amaliyotini o‘tash davomida belgilangan dastur bo‘yicha 17-18 mart kunlari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri prof. Begmatov I.A. boshchiligida “Smart Solutions System” MChJ ga tashrif buyurishdi.
“Smart Solutions System” MChJ rahbari Fozilov I. talabalar uchun o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, optimallashtirish va monitoring qilish imkoniyatlarini taqdim etdi. Asbob-uskunalarning qanday ishlashi, ulardan qanday foydalanish kerakligi va tizim bilan integratsiya qilish usullari haqida to‘liq ma’lumot berildi. “Smart Solutions System” MChJ talabalar uchun qulay va interaktiv interfeysga ega.
Tizimni ishlatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollar va muammolar bo‘yicha tezkor yordam ko‘rsatilishi kerakligi ta’kidlandi. Talabalarga tizimning har bir bo‘limi va uning funksiyalari qanday ishlashi amaliy ko‘rinishda ko‘rsatildi.
“Smart Solutions System” MChJ da talabalarga laboratoriyadagi uskunalar, jumladan, aqlli suv o‘lchagichlar hamda “DIVER” qurilmasi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Tushuntirish ishlari yakunida nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida talabalar Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi Melioratsiya obyektlaridan foydalanish boshqarmasi bosh mutaxassisi Muratov Q.J. va Toshkent viloyati “Meliorativ ekspeditsiya” rahbari Eshonov M.A. lar boshchiligida kuzatuv qudug‘i o‘rnatilgan maydonga borib, qurilmalarning o‘rnatilish hamda ishlash jarayonini kuzatdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi, Sh.Mardiyev axboroti
Universitet matbuot xizmati





