AgroTech klasteri bilan hamkorlik doirasida Ochiq eshiklar kuni tadbiri

18.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  AgroTech klasteri bilan hamkorlik doirasida Ochiq eshiklar kuni tadbiri

Joriy yil 17-mart kuni Chirchiq shahrida joylashgan “AgroTech” klasterida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun munosabati bilan QXM fakultetining 3-bosqich talabalari klasterdagi ishlab chiqarish jarayonlari haqida yaqindan tanishishdi. Talabalar ushbu klasterda ishlab chiqarilayotgan traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Talabalar u yerdagi mutaxassislar bilan suhbat olib borishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Talabalar bu klaster to‘g‘risida juda katta taassurot qoldirib, kelajakda shu joyda amaliyot o‘tab, ishga qolishga xohish bildirishdi.