Ingliz tilida erkin muloqotni ta’minlovchi platforma
17.03.2025

Bahor nafasi ufurishi bilan, havo ilib "Ingliz tili" kafedrasi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan "English Speaking Day" loyihasi o‘z faoliyatini universitet kirish darvozasi oldida qayta jonlandi. Ingliz tilida so‘zlashuv mahoratini rivojlantirish maqsadida kafedraning faol o‘qituvchilari Parpiyeva Umida Xasanovna, Boqiyeva Muqaddas Obidjon qizi va Ahadova Nilufar Fazliddinovnalar tomonidan "Sport in our life" ("Sport hayotimizda") mavzusiga bag‘ishlangan qiziqarli va rang-barang mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Talabalar sport turlarini krossvord yordamida topish, ingliz tilidagi savollarga javob berish, shuningdek, sportga oid rasmlarni ingliz tilida ta’riflab berish kabi turli interaktiv vazifalarni bajarishdi. Mazkur mashg‘ulotlar talabalarning til ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, sportga bo‘lgan qiziqishlarini ham uyg‘otdi. "English Speaking Day" loyihasi talabalarga ingliz tilida erkin muloqot qilish imkoniyatini beruvchi muhim platforma ekanligini yana bir bor isbotladi.
"Ingliz tili" kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati





