Bahor Keldi, Yashillik Yaratamiz
17.03.2025

“Yashil Yurak” jamiyati tashabbusi bilan 15-mart kuni universitetimizda bahorni kutib olish va atrof-muhitni yanada obod qilish maqsadida shanbalik tashkil etildi. Ekologiya va huquq fakulteti bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar va universitet xodimlari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida universitet hududida bir qator obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ishtirokchilar tomonidan turli manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi. Bu tashabbus nafaqat universitet hududining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi, balki ekologik muhitni yaxshilashga ham katta hissa qo‘shdi.
Shuningdek, ushbu shanbalik doirasida tadbir jarayonlari videotasvirga olindi va maxsus videorolik tayyorlandi. Bu videorolik orqali talabalar va jamoatchilik shanbalikning ahamiyati va atrof-muhitni asrashning zarurligi haqida ko‘proq bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Universitetimiz jamoasi tabiatni asrash va yashil muhit yaratish yo‘lida harakat qilishda davom etadi. Kelgusi ekologik tadbirlarda barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Agar siz ham atrof-muhit himoyasi va barqaror yashash tamoyillariga qiziqsangiz, bizga qo‘shilishingiz mumkin! “Yashil Yurak” jamiyatining rasmiy kanali orqali jamoamizga a’zo bo‘lish uchun quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin: t.me/yashil_yurak_jamiyati_UZ
- Murojat uchun: @ZulfiyaKannazarova
Keling, tabiatni asrash yo‘lida birlashaylik va yashil kelajak sari qadam tashlaylik!
"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova