Yashil makon-bizga imkon
15.03.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
Yashil makon-bizga imkon
"Yashil makon" loyihasi nafaqat ekologiya, balki iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash va jamiyat farovonligi uchun ham ulkan ahamiyatga ega. Shuning uchun har bir fuqaro ushbu tashabbusda ishtirok etib, o‘z hududida daraxt ekish orqali atrof-muhitni himoya qilishga hissa qo‘shishi lozim.
Universitetimizning talabalari va professor o‘qituvchilari O‘rta Chirchiq tumanidagi belgilangan hududda, "Fayziyobod" mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi oldindagi maydonda ko‘chat o‘tqazish, yerga nihol qadash ishlarini jadal davom ettirishmoqda.
Universitet matbuot xizmati