Talabalar turar joyidagi hayot

14.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Talabalar turar joyidagi hayot

  Joriy yil 13-mart kuni 1-sonli Talabalar turar joyida “GTQ” fakulteti “NS va GES” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

  Tadbir davomida talabalarning turar joy sharoitlarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va hal qilish yo‘llari muhokama qilindi, talabalarni to‘garaklarga qatnashishlariga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek uchrashuv davomida sharoitlari o‘rganildi hamda yashash joyi, ovqatlanish, internet, kutubxona va boshqalardan to‘g‘ri va mazmunli foydalanish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘z fikrlarini bildirishdi.  Talabalar fikrlari tinglandi va savollarga javoblar berildi.

  Talabalarga gigiyena qoidalarining ahamiyatini tushuntirildi. Shaxsiy gigiyenaning sog‘liq uchun ahamiyati, gigiyenik vositalardan to‘g‘ri foydalanish, yuqumli kasalliklardan himoyalanish, yotoqxonalarda tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilishni odatga aylantirish tavsiya qilindi.

  Bugungi kun uchun dolzarb mavzular raqamli texnologiyalarning ijobiy va salbiy jihatlari internet madaniyati, onlayn firibgarlik va kiberxavfsizlik hamda raqamli vositalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maslahatlar va tushuntirish ishlari “NS va GES” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.