Do‘ppilar – milliy o‘ziga xoslik ramzi
14.03.2025
Talaba yoshlar orasida o‘zbek milliy do‘ppilarining nafaqat madaniy meros, balki inson ruhiyati va sog‘lig‘iga foydali jihatlari borligini anglatish maqsadida 2025-yil 13-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.Muhammedova hamda "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari X.Saidova va D.Xudoynazarovalar birgalikda "G" bino 3-o‘quv zalida "Ekologiya va huquq" fakulteti 1-kurs filologiya yo‘nalishi 109-109a-110-111-112-guruh talaba yoshlari bilan "O‘zbek milliy do‘ppilarining foydali xususiyatlari" mavzusida seminar trening o‘tkazdilar. Do‘ppilar, xalqimizning boy madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular nafaqat estetik go‘zallik balki insonning milliy o‘zligini anglashida, ruhiy va psixologik holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Milliy kiyimlarimizni kiyish orqali biz o‘zimizni ajdodlarimiz bilan bog‘liq his etamiz, bu esa milliy g‘urur va o‘ziga ishonchni oshiradi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni saqlash va targ‘ib qilish jamiyatimizda ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.
Bugungi tadbirda:
- – Do‘ppilar insonning ichki ishonchini oshirishiga qanday ta’sir qiladi?;
- – Ularning ranglari va naqshlarining psixologik ta’siri;
- – Do‘ppi kiyishning ijtimoiy va psixologik jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etishib do‘ppi haqida o‘zlari bilgan she’rlardan namunalar keltirishib, yoddan o‘qib berishdi. Tadbir davomida talabalarda milliy merosimizga bo‘lgan hurmat yana bir pog‘ona ortdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova hamda "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari X.Saidova va D.Xudoynazarovalar axboroti