O‘zbekiston - Turkmaniston do‘stlik kechasi
13.03.2025
#Ma`naviyat
#Xalqaro hamkorlik

13-mart kuni "TIQXMMI"
Milliy tadqiqot universiteti Madaniyat saroyida O‘zbekiston - Turkmaniston
do‘stlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Turkmaniston
va O'zbekiston xalqlari o'zaro tarixiy aloqalarga, madaniyatga va qadriyatlarga
ega. Turkman-O'zbek talabalari o'rtasidagi kuchli va mustahkam do'stlikni
nishonlash hamda hamkorligimizni yanada mustahkamlash maqsadida ushbu tadbir tashkil
etildi. Ushbu tadbirni tashkil etish va uni yuqori saviyada o’tkazishda
“Ekologiya va huquq” fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi. Tadbir
so’ngida talabalarning ota-onalariga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar
taqdim etildi.
Ekologiya va
huquq fakulteti dekani X.Pirmatov







