Bitiruv oldi amaliyoti boshlandi
13.03.2025

Bitiruv oldi amaliyoti boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorida yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyundagi 202-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq “Gidromelioratsiya” fakultetining 60112400–Professional ta’lim (Suv xo‘jaligi va melioratsiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 4-bosqich talabalarini 2024/2025 o‘quv yilida o‘quv jarayoni grafigiga asosan 2025-yil 10-martdan 17-maygacha bitiruv oldi amaliyoti tashkil etish vazifasini bajarish maqsadida “Professional ta’lim” kafedrasi dotsenti Jumanov Alisher Asatullayevich va 4-kurs 412-guruh talabalari bilan birgalikda Toshkent gidrometeorologiya texnikumiga tashrif buyurishdi.
Amaliyot o‘tash joyida ish faoliyati va qilinadigan ishlar bilan tanishish, amaliyot davrida bajariladigan ishlar uchun aniq topshiriqlar olishdi.





