"Ingliz tili" kafedrasi ESP o‘qitish bo‘yicha metod almashuv o‘tkazdi

13.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Kuni kecha "Ingliz tili" kafedrasi o‘qituvchilari M.Xudayberganova, U.Parpiyeva va M.Boqiyeva tomonidan Ingliz tilini o‘qitishning ingliz tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan ESP (English for Specific Purposes) metodikasi bo‘yicha qiziqarli metod almashuv jarayoni uchun qiziqarli yondashuvlar ko‘rsatilib, samarali tashkil etildi.

  Ushbu jarayonda kafedra o‘qituvchilari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ESP o‘qitishning samarali usullari va yondashuvlarini muhokama qilishdi. Metod almashuv jarayonida o‘qituvchilarning ishtirokida ESP o‘qitishning turli yo‘nalishlari, talabalarning ehtiyojlariga mos o‘quv materiallari va metodlar haqida fikr almashildi.

  Asosiy maqsad o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik metodlar bilan tanishtirish, ESP o‘qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish va o‘quvchilarga yuqori sifatli bilim berish uchun samarali usullarni joriy etishdir.

  Bu kabi metod almashuvlar o‘qituvchilar uchun o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashish, o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omildir.

"Ingliz tili" kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati