Ilmli yoshlar kelajagimiz

13.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Ilmli yoshlar kelajagimiz

 “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2025-2026 o‘quv yilida 70110502-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura mutaxassisligiga bilimli talabalarni jalb qilish maqsadida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitet “Professional ta’lim” fakultetiga tashrif buyurib “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” va “Dizayn” yo‘nalishlarining eng iqtidorli yoshlari e’tiboriga Universitetda yaratilgan imkoniyatlar, mavjud mutaxassisliklarning kelajagiga qaratilgan keng qamrovli ishlar haqida batafsil tushuntirish berildi. Tadbir so‘ngida “TDPU” “Muhandislik kompyuter grafikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Universitetimizning bugungi kunda olib borayotgan qator islohotlari haqida tadbir ishtirokchilari va talabalarga kerakli barcha ma’lumotlarni yetkazishdi.

“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati