Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

13.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

 Talabalar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyatini tushuntirish, korrupsiya holatlaridan ogohlantirish va ularga qarshi chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida 12-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbatni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.U.Gapparov olib bordi. A.U.Gapparov tadbirda korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasining muhim jihatlari haqida ma’lumot berib, 2025 yilning 5 mart sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish haqida ma’lumot berib o‘tdi.

  Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etdilar. Suhbat savol-javob  va bahs-munozara tarzida olib borildi. 

  O‘tilgan suhbatdan talabalar xulosa chiqarishib korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdilar hamda halollik va mas’uliyat haqida muhim tushunchalarga ega bo‘ldilar.

“GTQ” fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati