“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichi

13.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichi

 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Joriy yilning 10-mart kuni “Energetika” fakulteti “TJAB” kafedrasining “AUTONOMOUS” jamoasi a’zosi “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishi 101-guruh talabasi Abdiboqiyev Muhammadayub, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ulug‘bek jamg‘armasi tomonidan tashkil etilib kelinayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib faxrli o‘rinni egalladi. Diplom, 1.850.000 so‘m pul mukofoti va “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Talabamizga keyingi bosqichda ham omad tilab qolamiz.

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati