QS Xalqaro reyting agentligi tomonidan 2025 yil uchun fan sohalari bo’yicha reytingi e’lon qilindi
12.03.2025

QS Xalqaro reyting agentligi tomonidan 2025 yil uchun fan sohalari bo’yicha reytingi e’lon qilindi
QS Xalqaro reyting agentligi
tomonidan 2025 yil uchun fan sohalari bo’yicha (QS World University Rankings by
Subject 2025) natijalari e’lon qilindi va unda “Toshkent irrigatsiya va qishloq
xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot
universiteti o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Ushbu xalqaro reyting
dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarining fan yo‘nalishlari bo‘yicha
baholash natijalarini aks ettiradi. Bu yilgi natijalar O‘zbekiston oliy ta’lim
tizimining rivojlanayotganini va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topayotganini
ko‘rsatmoqda. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti quyidagi
natijalarga erishdi:
- “Toshkent irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot
universiteti (“TIQXMMI” MTU)
– Muhandislik fanlari va
texnologiyalar (401-450),
– Atrof-muhit fanlari (351-400).
2024 yilda 4989 ta universitet tahlil qilinib, 1559 tasi reytingga
kiritilgan, 2025 yilda 5203 ta universitet tahlil qilinib, 1747 tasi reytingga
kiritilgan bo’lib, universitetimiz o’tgan yilgi natijalarigan nisbatan quyidagi
o’zgarishlarga erishgan:
– Academic
Reputatuion (Akademik obro’) – 71.9 balldan 74.4 ballga
– Citations
(Iqtiboslik) – 49.3 balldan 55.5 ballga
– H-index
– 38.6 balldan 40.9 ballga
– International
Research Network (Xalqaro tadqiqot tarmog’i) – 21.9 balldan 27.9 ballga va
– Umumiy
natijalarga ko’ra 61.8 balldan 62.9 ballga oshganini e’tirof etish lozim.
“Toshkent irrigatsiya va
qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot
universitetiimizning bu kabi reytinglarda ishtirok etishi ilmiy-tadqiqot
faoliyatining jadal rivojlanayotganini anglatadi. Xususan, muhandislik
yo‘nalishida ilgari surilayotgan innovatsion ishlanmalari bilan ajralib turdi. Ushbu
yutuqlar mamlakatimiz ta’lim tizimining xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlanayotganini
va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining dunyo miqyosida e‘tirof
etilayotganini ko‘rsatadi. Kelgusi yillarda O‘zbekiston universitetlari xalqaro
reytinglarda yanada yuqori o‘rinlarni egallashi uchun ilmiy-tadqiqot
faoliyatiga e‘tibor kuchaytirilishi, xalqaro hamkorlik kengaytirilishi va
ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar davom ettirilishi
kutilmoqda.