Shaxsiy ozodalik va mas’uliyat
12.03.2025

2025-yil 11-martda “Yer resurslari va kadastr” fakultetining talaba qizlari istiqomat qilayotgan 4-sonli talabalar turar joyida talaba qizlar bilan birgalikda “Shaxsiy ozodalik va mas’uliyat” mavzusida suhbat tashkil qilindi. Hammamizga ma’lumki, talabalar turar joyi – bu o‘qish davrida talabalarning kundalik hayotini o‘tkazish uchun yaratilgan maxsus muhitdir. Ushbu joyda talabalar o‘zlarining bilim olish, ijtimoiylashish, va shaxs sifatida rivojlanishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni topishadi. Shaxsiy ozodalik va mas’uliyat, o‘z navbatida, talabalar turar joyidagi hayotning muhim elementlari hisoblanadi.
Yotoqxona xodimi M.Norbo‘taeva so‘zga chiqib, shaxsiy ozodalik, odatda, insonning o‘z hayotini, qarorlarini mustaqil va biron-bir tashqi bosimsiz qabul qilish qobiliyati sifatida tushunilishini va talabalar uchun shaxsiy ozodalik oliy o‘quv yurtlarida va turar joyda o‘z-o‘zini boshqarish hamda mustaqil qarorlar qabul qilish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishni anglatadi.
Talabalar turar joyida shaxsiy ozodalikning ahamiyati shundaki, har bir talabaning har kuni yangi ijtimoiy va ruhiy tajribalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Ozodalik talabalarga o‘z xohishlariga ko‘ra yashash, do‘stlari va hamkurslari bilan o‘zaro munosabatlarni mustaqil ravishda tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ayniqsa, talaba qizlarimiz bunga juda katta e’tibor berishlari kerak. Ya’ni ular o‘zlari yashab turgan xonalarini doimiy ravishda tozalab, shamollatib va choyshablarni ozoda tutishlari va muzlatkichlarni ham tozaligiga e’tibor berishlari kerak deb ta’kidlab o‘tdi. Undan tashqari yuvinish xonalari va oshxonalarni ham tozaligiga e’tibor berishsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ozodalik va mas’uliyatni muvozanatli ravishda qabul qilish, talabalarga ijtimoiy muhitda barqarorlikni saqlash va shaxsiy rivojlanishlarini amalga oshirish uchun muhimdir.
YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati