Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi

11.03.2025

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

  2025-yil 10-mart kuni Parij shahrida o‘tkazilayotgan “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi” forumi doirasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzayev "Creative education is a way of developing innovative education" mavzusida taqdimot qildi.

  Unda ikki mamlakatning ta’lim salohiyatni rivojlantirish, teng manfaatli ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik qilish, ixtiro, patent va maqolalarni hammualliflikda chop etish, magistratura va PhD qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish, talabalar uchun yozgi maktablarni tashkil etish takliflari ilgari surildi.