Natijador seminar-trening - yoshlar tarbiyasi: Milliy qadriyat va “Ommaviy madaniyat”
04.03.2025

2025 yil 3-4 mart kunlari O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasida “Yoshlar tarbiyasi: Milliy qadriyat va “Ommaviy madaniyat”
mavzusidagi seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Ushbu
treninglardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda xotin-qizlarga
yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib etish, yoshlarni milliy
qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik,
zo‘ravonlikka barham berishda o‘zaro tajriba almashish, ta’lim muassasalarida
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, Xotin-qizlar maslahat kengashi
raisi va psixologlarning ko‘nikma va malakasini oshirishdan iborat.
Mazkur
o‘quvlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari boʻyicha
qoʻmita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil
etildi.
Unda
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti
xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Zukhra Ismailova va shu universitet
psixologi Dilafruz Yusupova ishtirok etdilar.
Seminarni
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari
bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Oliy Majlis Senatining
Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul
Qozixonova, Oliy, fan va innovatsiyalar vaziri xotin-qizlar maslahat kengash
raisi, psixolog Dildora Solixo‘jayeva kirish so‘zi bilan ochib berib,
tinglovchilarga muvaffaqiyat tiladilar.
Bugungi
o‘quvlar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari, malakali psixologlar,
soha mutaxassislari tomonidan “Xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy
faoliyatni takomillashtirish, buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash,
milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etish mexanizmlari, ijtimoiy
maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish masalalari”, “Jamiyat barqarorligiga tahdid
soluvchi radikal qarashlar va ularning oldini olish yoʻllari”, “Islom dinining
bagʻrikenglik tamoyillari”, “Islom manbalarida yot gʻoyalarga qarshi
raddiyalar”, “Islom dinida xotin-qizlar maqomi” va shu kabi dolzarb mavzudagi
ma’ruzalar tinglanadi.
Seminar-trening
yakunida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim,fan va innovasiyalar vaziri va
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovlar tomonidan
imzolangan Malaka oshirish Sertifikatlari
topshirildi. Shu bilan birga Respublikada faoliyat olib borayotgan
universitetlarda koʻp yillardan beri samarali ishlab kelayotgan xotin-qizlar
maslaxat kengashi raislariga Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri tomonidan
Faxriy yorligʻi bilan
taqdirlandilar.
Seminar-treningda
olingan barcha bilimlarni endilikda xotin-qizlar maslaxat kengashlari raislari
va psixologlar tomonidan ish faoliyatida talabalar bilan va
professor-oʻqituvchilar bilan birgalikda amalda joriy etish va yaxshi
natijadorlikni koʻrsata olish endilikdagi oldimizga qoʻyilgan katta
vazifalardan biri sifatida qabul qilindi. Bu ishlarni barchasiga
tashabbuskorlik qilib kelayotgan xotin-qizlar maslaxat kengashiga Oliy ta'lim,
fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan bevosita rahbarlik qilib kelayotgan
Solixoʻjaeva Dildoraxonga katta minnatdorchilik bildirib qolamiz.









