Kitob-tafakkur ozuqasi
28.02.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik

Kitob-tafakkur ozuqasi
Kitob-kelajakning kaliti, shuningdek, tafakkur ozuqasi hamdir. 2025-yilning 27-fevral kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga tegishli “Shaxsiy kamolot” to‘garagi rahbari M.A. Qo‘shnazarova to‘garakning ba’zi bir ishtirokchilariga “Kitob-tafakkur ozuqasi” mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Ustozning aynan kutubxonada talabalar qo‘liga nodir kitoblarni tutqazishi ularning kutubxona va kitoblarga intilishiga yanada yo‘l ochib beradi. Zero, dunyoqarash va tafakkurning kengayishi ularning to‘g‘ri fikrlash va to‘g‘ri harakat qilishiga eltuvchi omil bo‘lsin. Muhimi o‘qilgan kitoblar ular hayotida ishlasin, deymiz.
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Qo‘shnazarova Maloxat Alimovna