Toshkent teleminorasiga sayohat

27.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 25-fevral sanasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova tashabbusi bilan o‘z uyida va ijarada istiqomat qilayotgan talabalarini bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida Toshkent teleminorasiga talabalar bilan sayohat uyushtirildi. Teleminora hududida muzey ham mavjud bo‘lib boshqa mamlakat teleminoralarining ham kichraytirilgan maketlari ko‘rsatilgan. Toshkent teleminorasi hozirgi kunda O‘rta Osiyodagi eng baland teleminora hisoblanib, uning balandligi 375 metrdir. Teleminora 1985-yilning 15-yanvarida ishga tushirilgan.Talabalar "Toshkent teleminora" to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzeydan olingan taassurotlar talabalarga estetik hamda ma’naviy zavq bag‘ishladi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovaning axboroti

Universitet matbuot xizmati