“O‘zbekiston milliy kutubxona”siga talabalar tashrifi

26.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 25-fevral kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot  universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori I.Ahmedova va “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida talabalar O‘zbekiston Respublikasining milliy va yirik kutubxonasi  kutubxonashunoslik va bibliografiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy markazi ekanligi Respublikaning ma’naviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning ma’naviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qilishi mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshirishi O‘zbekiston milliy kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga a’zo ekanligini kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish, yig‘ilgan axborotni kitobxonga yetkazish, o‘tmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy g‘oyalarga to‘la asarlarni to‘la o‘rganishga yordam berishi uning o‘ta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar to‘plamining faxri bo‘lib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qo‘lyozmalari bo‘lgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar va o‘zlaring qiziqtirgan badiiy va fanga taalluqli bo‘lgan adabiyotlaridan doimiy qatnab foydalanish kerakligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.X Ahmedova axboroti

Universitet matbuot xizmati