Yaxshi kayfiyat – ruhiy salomatlikning eng yaxshi dorisidir

26.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Bahor fasli inson psixologiyasiga turlicha ta’sir qiladi. Ko‘pchilik uchun bu fasl yangilanish, yasharish va ilhom manbai bo‘lsa, ayrim insonlar uchun bahoriy ruhiy zo‘riqish (stress) va hissiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, talaba qizlarning ruhiy holatlarini barqarorlashtirish, ularning psixologik farovonligini ta’minlash va stressga qarshi kurashuvchanliklarini kuchaytirish; Bundan tashqari sessiya tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan negativ hissiyotlardan talaba qizlarni himoya qilish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.Muhammedova tomonidan 2025-yil 25-fevral kuni 4-Talabalar turar joyi 2-3-qavat 1-2-3-kurs talaba qizlar bilan individual tarzda maxsus psixologik suhbat tashkil etildi.

  Suhbatda bahoriy kayfiyat o‘zgarishlari, ularni qanday boshqarish va ruhiy mustahkamlikni saqlash haqida foydali tavsiyalar berildi. Tadbirda ishtirok etgan talaba qizlar o‘zlarini ancha yengil va xotirjam his qilishganini, ruhiy bosim kamayganini ta’kidladilar. Psixologik tadbir davomida olingan bilim va ko‘nikmalar qizlarimizga kelajakda stress bilan kurashishda yordam berishiga umid qilamiz.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati