Startap-ekotizimini rivojlantirish forumi
25.02.2025

Mamlakatimizda barqaror startap loyihalar ekotizimini shakllantirish va venchur kapital bozorini kengaytirish orqali mamlakatimizga xorijiy venchur investitsiyalarini jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi PQ–357-son qarori qabul qilingan hamda ushbu qarorga muvofiq raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Raqamli startaplar dasturi” joriy etilgan.
Mazkur qaror bilan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, “Raqamli startaplar dasturi”ni aholi orasida keng targ‘ib qilish, shuningdek oliy ta’lim muassasalari va startap ekotizimi ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun joriy yilning 25-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ tomonidan “Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda startap-ekotizimini rivojlantirish” forumi tashkil etildi.
Ushbu forum doirasida tashkil etilgan startap loyihalar taqdimotida universitet iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlangan “BURGUTKO‘Z” “BOYQUSH AGROQANOT” startap loyihalari ham namoyish etildi.
Shuningdek, forumda universitet talabalari va yosh tadqiqotchilari faol ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: Forumda OTMlari talabalarga quyidagi imkoniyatlarni qanday taqdim etishi ko‘rib chiqildi:
- -Inkubatorlar va akseleratorlar orqali g‘oyalarni rivojlantirish
- -Investorlar va mentorlar bilan aloqa o‘rnatish
- -O‘qish davomida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish kabi seminar-treninglar mahorat darslari tashkil etildi.
Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti





