“Baham ko‘rish” treningi

25.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 “Baham ko‘rish” treningi

 2025-yilning 24-fevral kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga tegishli “Shaxsiy kamolot” to‘garagi rahbari M.A.Qo‘shnazarova to‘garak ishtirokchilariga “Baham ko‘rish” mavzusida seminar trening tashkil etdi. Unda talabalar bugungi kunda o‘zlari uchun foydali bo‘lgan bilim va mashg‘ulotlarni yaqin do‘stlari bilan baham ko‘rish, shuningdek, zavqini his qilish hamda “har kuni bir foizga yaxshilanish” harakatini tushunib yetishdi. Muhimi esa katta maqsadlar qo‘yib, qaror qilish, harakatga tushish va barqarorlikni ta’minlashdir. Zero, qaror, reja, harakat va muntazamliklik manzilga yetishning asosiy omillaridan biridir.  

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi

Qo‘shnazarova Maloxat Alimovna