33 yildan beri bitmagan yara

25.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 

33 yildan beri bitmagan yara

 Joriy yilning 24-fevral kuni "Iqtisodiyot "fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Ra’no Kodirova mas’ulligida fakultet tyutori Dilbar Egamova va fakultet talaba yoshlari O‘zbekiston Respublikasidagi Ozarbayjon elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazida Xo‘jali qirg‘inida halok bo‘lgan Ozarbayjon xalqining asl  farzandlarining xotirasini xotirlash munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda ishtirok etdilar. 

  Ozarbayjonliklar 1992-yilning 26-fevralida Xo‘jalida arman kuchlari tomonidan ayollar, bolalar va qariyalarning ham o‘limiga sabab bo‘lgan qirg‘in qurbonlarini xotirlashmoqda.

  1992 yilning 26 fevralida dunyo insoniyat tarixidagi eng dahshatli tonglardan biri bilan uyg‘ondi. Tarixga qora dog‘ bo‘lib kirgan qirg‘in Ozarbayjon Respublikasi Qorabog‘ viloyatining Xo‘jali shahrida sodir bo‘ldi. O‘sha oqshom arman kuchlari barchani erkak, ayol, keksa va bola demasdan, qirg‘in qildi.

  Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Huseyn Guliyev Xo‘jali fojiasi haqida batafsil gapirib berdi. Bundan 33 yil avval yuz bergan qirg‘in paytida yuzlab keksalar, ayollar va bolalar halok bo‘lgan. 1994 yil fevralda Umummilliy yetakchi Haydar Aliyev tashabbusi bilan Milliy Majlisda voqeaga siyosiy va huquqiy baho berilib, 26 fevral “Xo‘jali qirg‘ini kuni” sifatida e’lon qilingan.

  Marosimdan talaba yoshlar qalbida genotsidlarga nisbatan nafrat tuyg‘ularini  tuygan bo‘lsalar, Tinchlik eng bebaho ne’mat ekanini tushuntirdilar. Insonlarga tinchlik-osoyishtalikdan ko‘ra tansiqroq, azizroq ne’mat yo‘qligiga ishonch hosil qildilar.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Ra’no Kodirova, fakultet tyutori Dilbar Egamovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati