Muhim muloqot: Telefon orqali muloqot
23.02.2025

Rossiya bir qator davlatlar, jumladan, MDH
mamlakatlari, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Eron kabi davlatlar bilan strategik
sheriklik munosabatlarini oʻrganganlik maʼlum. Oʻzaro manfaatli hamkorlik
iqtisodiy, savdo va investitsiya,
xavfsizlik va mudofaa, energetika va infratuzilma loyihalari – gaz va
neft loyihalari, transport va logistika yoʻnalishlarini rivojlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlik – taʼlim,
ilm-fan, madaniyat, sport va insonparvarlik kabi sohalarda boʻlishi tabiiy.
Xuddi shu maʼnoda 21-fevral kuni Oʻzbekiston
Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari telefon orqali muloqot
qilib, ikki tomonlama munosabatlarning
dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi
keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada
rivojlantirish va mustahkamlash muloqot manbai boʻldi.
Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik
munosabatlari koʻp qirrali va tarixiy asoslarga ega. Ushbu munosabatlar
siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy va gumanitar sohalarda rivojlanib
borganligi maʼlum.
Ikkala davlat oʻrtasidagi strategik va ittifoqchilik
munosabatlari oʻzaro doʻstlik va manfaatli hamkorlik zaminiga qurilgani
eʼtiborga molik.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida strategik sheriklik
haqida bir necha bitimlar mavjud. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib,
energetika, transport va taʼlim sohalaridagi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Rossiya Prezidentining oʻtgan yil may
oyidagi Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni
yetakchilar tomonidan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshirish
natijalari koʻrib chiqildi.
Jumladan, muhandis kadrlarni tayyorlash, sogʻliqni
saqlash va sport sohalarida kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd
etildi. Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar
yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qilganlari
umid va ishonch bagʻishlaydi.
Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik
munosabatlari koʻp qirrali boʻlib, siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarini
qamrab oladi. Bunday munosabatlar xalqaro vaziyatga va geosiyosiy manfaatlarga
qarab oʻzgarib boradi.
Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari
davlatlar uchun siyosiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy rivojlanishni
tezlashtirish, xavfsizlikni mustahkamlash va madaniy-gumanitar aloqalarni
kuchaytirishda katta ahamiyatga ega. Bu munosabatlar har ikkala mamlakatning
milliy manfaatlarini himoya qilishga va xalqaro maydonda mustahkam pozitsiyaga
ega boʻlishiga yordam beradi.
Rahimboy JUMANIYOZOV
Professor, Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar
uyushmalari aʼzosi