Hamkorlik natijalari bardavom
22.02.2025

Joriy yilning 8-21-22 -fevral kunlari ushbu texnikumlarda ko‘chma seminar va mahorat darsi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-158-son farmoni asosida universitetimiz rektori B.S.Mirzayev tomonidan bizga biriktirilgan politexnikumlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha YO‘L XARITASI imzolangan bo‘lib, buning ijrosini ta’minlash maqsadida "Professional talim" kafedrasi, "Geologiya va gidrogeologiya" kafedrasi, "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari mas’uliyatli vazifani amalga oshirdilar. Kafedra professor-o‘qituvchilar I.Begmatov, D.Muqumova, I.Ro‘ziev, F.Gapparovlar hamkorlik shartnomasida ko‘rsatilgan vazifalar; Respublikada o‘tkaziladigan amaliy seminar va konferensiyalarga jalb etish, politexnikumda Universitet talabalari uchun har oyda Politexnikumda bir kun loyihasini amalga oshirish, politexnikum o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida mahorat darslari, davra suhbatlari va o‘quv seminarlari o‘tkazish va politexnikumda kafedra kunlarini tashkil qilish, politexnikum o‘qituvchilarini universitetda, korxona va tashkilotlar hamda xorijning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda “Dual ta’limni takomillashtirish maqsadida sayyoh seminar va mahorat darsi tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda Professional ta’lim kafedrasi tayanch doktorantlaridan Zafar Xalimov ham o‘z tadqiqot ishi yuzasidan mater-lass olib bordi. O‘qituvchilar orasida o‘quvchilarni bilimini baholash va ularni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga qaratilgan aqliy hujum jarayoni jonli tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Demak, hech bir o‘qituvchi bu muammoga befarq emasligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Oldimizga qo‘ygan bir qator vazifalar asosida tashkil etilayotgan seminar va master klasslar ikki taraflama hamkorlikni yanada kuchaytirib ijobiy natijalarga erishishga ko‘maklashadi. Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash tizimini tubdan yangilash, ushbu jarayonda ish beruvchilar vakillari faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ijobiy natijalarga erishiladi.
"Professional ta‘lim" kafedrasi mudiri D.Mukumova axboroti
Universitet matbuot xizmati









