Milliylikda-o‘zlik mujassam

22.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Milliylikda-o‘zlik mujassam

Joriy yilning 21-fevral kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Ra’no Kodirova mas’ulligida "Milliylikda - o‘zlik mujassam" shiori ostida Milliy liboslarni targ‘ib qilish va yoshlarni qalbida milliy liboslarga muhabbat tuyg‘usini yanada oshirish, maqsadida Milliy liboslar kuni bo‘lib o‘tdi. 

  Ma’lumki, o‘zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqimizning boy madaniy an’analari va turmush tarzining bir qismidir. Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.

  Milliy liboslar – bu nafaqat mato va naqshlar, balki ajdodlarimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analari mujassam bo‘lgan madaniy merosdir.

  Ular orqali biz talabalarga ajdodlarimizning didi, hayot tarzi va estetik qarashlarini o‘rgatamiz.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Ra’no Kodirova, dekan muovini Xursandbek Ruzmetov, fakultet tyutorlari Gulbaxor Shodiyeva, Dilbar Egamovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati