TIQXMMI MTU va O‘zR Mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti o‘qituvchilari bilan 2025-yil 20 fevral kuni “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish “ kafedrasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

21.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  TIQXMMI MTU va O‘zR Mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti o‘qituvchilari bilan 2025-yil 20 fevral kuni “Energetika” fakultetining “Axborot tizimlari va texnologiyalari” bakalavriat yo‘nalishi 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ular aloqa harbiy institutiga muhandislik texnika yo‘nalishida yuqori natijalarga erishgan, harbiy institutda o‘qishni davom ettirish hamda kelgusida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat o‘tash istagini bildirgan talabalarni tanlov asosida saralab olish va o‘qishga qabul qilish tizimi asosida harbiy professional yo‘naltirish, shuningdek tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdilar. AKTvaA harbiy institutida mavjud imkoniyatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri R.Gaziyeva axboroti