Chet el o‘quv tajribasining qo‘llanilishdagi ahamiyati

21.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “Gidromelioratsiya” fakulteti “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti G‘. Bekmirzayev tomonidan chet el oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish metodikasini, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar, olingan tajribalarini ulashish maqsadida 20.02.2025 soat 10:00 da G-506 xonada "TUPROQ SHO‘RLANISH SABABLARI, TUZLARNING QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARIGA TA’SIRI, YERLARNI MELIORATSIYASI" mavzusida kafedra professor o‘qituvchilari bilan “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi o‘qituvchilariga ochiq seminar tashkil qilindi. Seminar davomida turli xil yangi o‘quv metodikalari, sohadagi ilg‘or texnologiyalarni to‘liq yoritib berdi. 

  Seminar bir yarim soat davomida qizg‘in bahsli va munozarali tarzda bo‘lib o‘tdi, so‘ngra professor o‘qituvchilar o‘zining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Yosh o‘qituvchilarga tavsiyalar berildi.

Universitet matbuot kotibi