Toshkentdagi Usmon mus’hafi
21.02.2025

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D. Egamova boshchiligida “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi 106-guruh talabalari bilan milliy qadriyatlar bilan bog‘liq tarixiy obyektlar bilan tanishish maqsadida tarixiy joylardan hisoblangan “Hazrati Imom” majmuasiga tashrif uyushtirdik. Dunyo sivilizatsiyasi tarixidagi eng nodir manba hisoblangan, dunyoda “Toshkent nusxasi” nomi bilan tanilgan “Usmon Mus’hafi” hozirda “Mo‘yi Muborak” madrasasida saqlanmoqda. Muborak Qur’oni Karim 644-648 yillarda xalifa Usmon ibn Affon (r.a) (tax.575-656y.) buyrug‘i bilan kiyik terisiga hijoz xatida yozilgan va muqovalangan. Manbalardan ularning soni yettita bo‘lib, Makka, Madina, Shom, Yaman, Bahrayn, Basra va Kufa o‘lkalariga yuborilgani keltiriladi.
Bugungi kunda ushbu nusxalardan biri Toshkent shahrida saqlanmoqda. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, u buyuk sarkarda Amir Temur tomonidan XIV asrda Iroqdan Samarqand shahriga olib kelingan.
Toshkent shahrida saqlanayotgan Usmon Mas’hafi xalqimizning nodir va bebaho merosi hisoblanadi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati





