Film namoyishi va milliy qadriyatlar

19.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025 - yilning 19-fevral kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettiruvchi madaniy tadbir tashkil etildi. 

  Tadbirda talabalarga “Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati” milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish to‘g‘risida tushunchalar berildi. 

  Tadbirda milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, Milliy qadriyatlar tarixi, mutafakkir ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni targ‘ib etishda zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalarida milliy qadriyatlarni yoritish masalalari va targ‘ib etish metodikasi muammolari haqida so‘z yuritildi.

  Shuningdek, tadbir yakunida “Maftuningman” badiiy film namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 200 nafardan ortiq o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Universitet matbuot xizmati