Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida "Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabalari uchun sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
18.02.2025
Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida "Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabalari uchun sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
Universitetning "Ekologiya va huquq" fakulteti dekani o‘rinbosari A.Binakulov va Huquqiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan Jinoyat-protsessual huquqi fani doirasida joriy yil 18-fevral kuni Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazida "Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabalari uchun sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Talabalar sud-tibbiy ekspertiza markazida murdani bevosita "yorib" tekshirishda ishtirok etib, shaxsi noma’lum murdani ko‘zdan kechirish, ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish va tirik shaxslarni guvohlantirish kabi tergov harakatlari hamda ekspert oldiga to‘g‘ri savol qo‘yish haqida dars mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini bevosita amaliyot bilan uyg‘un holda olib borishiga erishdilar.
Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar talabalarda professional ko‘nikmalarni rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyot orqali mustahkamlashga xizmat qiladi.
"Ekologiya va huquq" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Binakulov axboroti
Universitet matbuot xizmati