TIQXMMI MTU va Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan 2025-yil uchun hamkorlikda maqsadli aloqalarni amalga oshirildi

14.02.2025

#Ilmiy faoliyat #Yangilik

  TIQXMMI MTU va Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan 2025 yil uchun hamkorlikda maqsadli aloqalarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” asosida 2025 yil 12 fevralda “Energetika” fakultetining“ Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” va “Energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedralariga Yangiyer filialining “Avtomatika va texnologik jarayonlar” va “Energetika va atrof muhit muhandisligi” kafedrasi mudirlari va bir guruh professor-o‘qituvchilar tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdilar. Ular kafedralarda o‘quv, ilmiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar, laboratoriya bazalari bilan tanishdilar. Kelgusida hamkorlikda bajariladigan o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy loyihalar bo‘yicha amaliy vazifalar kelishib olindi.