Boburni yodga olib
13.02.2025

Boburni yodga olib
Talabalarni adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, hamda buyuklar yozib qoldirgan g‘azal va ruboiylarni yodga olish maqsadida, Vatanga bo‘lgan mehr va sog‘inchini aks ettirgan o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbir “TIQXMMI” MTU da joriy yilning 13-fevral sanasida “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-kurs talabalari bilan “Ma’rifat darsi” doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev, Universitetning matbuot kotibi, Notiqlik san’ati akademiyasi rahbari R.Jumaniyozovlar qatnashishdi.
R. Jumaniyozov Boburning o‘zbek xalqi tarixida tutgan o‘rni haqida quyidagilarni gapirib berdi. U tom ma’nodagi yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib, yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan. Uning lirikasi adabiyotdagi o‘ziga xos lirika. Shubhasiz, she’riyatining asosiy mavzusi Vatan, Vatan sog‘inchi bo‘lgan. Taxt uchun qondosh aka-ukalarning dushman bo‘lib kurashishi, atrofdagi insonlarning xiyonati, vatanini birlashtirolmaganidan so‘ng tortgan azoblari va nihoyat umrining so‘nggigacha Vatan sog‘inchi uning she’riyatiga ko‘chgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
So‘ngra adib ijodiga doir musobaqaviy o‘yin tashkil etdi, g‘oliblarga o‘zining mualliflik kitoblaridan sovg‘a qildi.
- Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
- Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
- Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz
- Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.
Talabalar Boburning g‘azal va ruboiylaridan namunalar etib u qoldirilgan ajoyib she’rlarni yodga olishdi.
O‘tkazilgan tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati



