Ichki tartib intizom, odob-axloq fazilati
12.02.2025
Ichki tartib intizom, odob-axloq fazilati
Mamlakatimizda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy kamoloti yo‘lida ta’lim va tarbiya uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratiladi. Universitetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning maqsad, vazifalari barkamol ma’rifatli shaxslarni shakllantirishdan iboratdir.
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini yaxshi anglaymiz.
2025-yil 11-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Madaniyat saroyida ta’lim, tarbiya va universitet hududida “Odob-axloq” qoidalariga rioya qilish hamda kiyinish madaniyati masalalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda talabalar va professor-o‘qituvchilar va tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etib, universitet hududida odob-axloq qoidalariga rioya qilishning ahamiyati, kiyinish madaniyati va uning ta’lim jarayoniga ta’siri kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning umumiy xulq-atvori va kiyinish madaniyatini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida universitetning ichki tartib-qoidalari, kiyinish me’yorlari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishning talabalarning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi o‘rni uchun muhimligi ta’kidlandi.
Ushbu tadbir talabalarning nafaqat bilim olishga, balki ularning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.