O‘z-o‘zini anglash va maqsadlar qo‘yish
12.02.2025
#Ma`naviyat
#Ta`lim

2025-yilning 11-fevral kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga tegishli “Shaxsiy kamolot” to‘garagi rahbari M.A. Qo‘shnazarova to‘garak ishtirokchilariga “O‘z-o‘zini anglash va maqsadlar qo‘yish” mavzusida seminar-trening tashkil etdi. Unda ko‘pgina talabalar o‘zlarining maqsadlarini amalga oshirish uchun SWOT metodidan foydalanib, kelajakdagi rejalarini belgilab olishdi. Zero, qaror va rejalar yoshlarimizni faoliyatga undovchi kuchdir.
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi
Qo‘shnazarova Maloxat Alimovna



