Universitetimiz raxbari va Janubiy Koreya vakillarining “UzAvto Motors Powertrain” zavodiga tashrifi
11.02.2025

Universitetimiz raxbari va Janubiy Koreya vakillarining “UzAvto Motors Powertrain” zavodiga tashrifi
Joriy
yilning 7 fevral sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Prof.
Mirzayev Baxodir Suyunovich va Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej
Universitetidan tashrif buyurgan xamkorlarimiz xalqaro grant doirasida “UzAvto
Motors Powertrain” zavodiga tashrif buyurishdi.
Shuni
eslatib o’tamizki, “Xalqaro hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet”
granti dasturi bo’yicha “Education Competency Enhancement Project
Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University in Uzbekistan”
(01.04.2024-31.03.2029) xalqaro loyixa o’z faoliyatini 2024 yil 1 aprel
sanasidan boshlagan edi.
Mazkur
tashrifda Janubiy Koreyadagi loyihaning ishtirokchilari Prof.Hae Woon Choi, Dr.Donggeon
va universitetimizdan Prof.R.Baratov, dotsent G.Eshchanova, Prof.A.Gapparov ham
qatnashishdi.
“TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti rektori Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich “UzAvto
Motors Powertrain” kompaniyasi raxbari bilan uchrashuvi davomida universitet
hamda zavod hamkorligida iqtidorli talabalar uchun kelgusida yaratilishi
maqsadga muvofiq bo’lgan keng imkoniyatlar haqida o’zaro kelishib olindi.Universitetimiz
qatnashayotgan Janubiy Koreyaning xalqaro grant haqida ham yetarlicha
ma’lumotlar berib o’tildi. Universitetimizda Xalqaro Mexatronika texnikumini
yo‘lga qo‘yish orqali mexatronika va robotexnika yo‘nalishlari bo‘yicha
mutaxassislarni Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti ilg‘or
texnologiyasi va tajribasi asosida tayyorlashdagi rejalashtirilgan vazifalarga
ham qisqacha to’xtalib o’tildi.Xalqaro grant doirasida universitetizda “Raqamli
Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi” (Digital Education Innovation Support
Centre)ni tashkil qilish, mamlakatimizda raqamli ta’lim va innovatsiyani
rivojlantirishda qabul qilingan isloxotlar, xalqaro Mexatronika texnikumida
faoliyat olib boruvchi
professor-o’qituvchilar va talabalarning turli xalqaro platformalari orqali
samarali faoliyatni amalga oshirish, O’zbekistonda qizlar va ayollarni
daromadlarini oshirish, Gender tenglik kabi masalarni xal qilishga qaratilganligi
“UzAvto Motors Powertrain” kompaniyasi bilan bir qator xamkorlikda
faoliyatlarni aniqlab olishga zamin yaratdi.
Tashrif
buyuruvchilarga «UzАuto
Motors Powertrain» kompaniyasi benzin va ikki yoqilgʼilik B-DOHC (Double
Overhead Camshaft) ikkinchi avlod dvigatellarini, shuningdek O'zbekiston bozori
uchun eng maqbul quvvat va yoqilg'i sarfiga mos ravishda loyihalashtirilgan
turbo va atmosferalik CSS (Cylinder set strategy) Prime dvigatellarini ishlab
chiqarib, Onix, Tracker, Cobalt
modellari uchun xajmi 1,2 l va 1,5 l. Dvigatellari ham mavjudligi haqida
atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek,“UzAuto
Motors Powertrain” kompaniyasida dvigatelning asosiy tarki biy qismlari,
tirsakli val, silindr bloki, silindr bloki kallagini ishlab chiqarishga
ixtisoslashganligi va bu zavod ishlab chiqarish jarayonining bir qismi
hisoblanishi, mahsulotlar sifat standartlari bo’yicha jahon talablariga va GM -
GMS (Global Manufacturing System) ishlab chiqarish tizimi talablariga javob
berishi bo’yicha to’xtalib o’tildi.
Janubiy
Koreyaning Keymyung Kollej Universitetidan tashrif buyurgan xamkorlarimizga kompaniyaning
asosiy xususiyati uning Markaziy Osiyoda silindr bloki uchun alyumin kallagi
qismlari ishlab chiqaradigan birinchi va yagona zavod ekanligi, Quyish va
yig'ish bo’limlari bir joyda joylashganligi va bu tarkibiy qismlarni tashish
narxini pasaytirishi zavodning haqiqatan ham noyob ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yganligi haqidagi ma’lumotlar yaxshi taassurot qoldirdi.
Shunisi
muximki, barcha “UzAuto Motors Powertrain” xodimlari GM kompaniyasining
global ishlab chiqarish jarayonlarini o’rgangan va puxta tayyorgarlikdan
o’tgan. Ko'plab mutaxassislar chet elda malaka oshirib, GM ning boshqa
korxonalarida tajriba orttirishgan. Kompaniya katta yo'lni bosib o'tdi va
integratsiyalashgan sifatning yuqori darajasiga ko'tarildi va shu orqali
2014-yilda ISO 9001 sifat sertifikati, 2015-yilda General Motors "BIQ
3" va 2018-yilda "BIQ 4" sifat sertifikatiga erishdi.
Darxaqiqat,
“UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasi atrof-muhitni muhofaza qilishga ham
katta ahamiyat berib kelmoqda.2014-yilda kompaniya ekologik menejment tizimini
joriy qildi va ISO 14001 xalqaro sertifikatiga ega bo'ldi. 2018-yilda esa
energiya sarfini kamaytirish va energiya tejash madaniyatini oshirishga
erishgan holda ISO 50001 energiya menejmenti tizimini joriy etdi. Kompaniyada
oqava suvlarni tozalash uchun noyob inshoot o'rnatilgan bo’lib, bu oqava suvlar
tarkibidagi neft mahsulotlari miqdorini yuqori darajada tozalash imkonini
beradi.
“UzAuto
Motors Powertrain” O’zbekiston avtomobillari uchun jahon sifat standartlariga
mos keladigan dvigatellarni ishlab chiqaruvchi eng yaxshi ishchilarni yollovchi
va iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan mamlakatimizning
yetakchi korxonalaridan biri ekanligidan faxrlanadi.
Kompaniyaning
rivojlanish tarixi va xronologiyasi quyidagilardan iborat:
- 2008 yil oktyabr GM va “O‘zAvtoSanoat” AK
o‘rtasida GM QK tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi Powertrain
Uzbekistan, dvigatel ishlab chiqarish zavodi.
- 2008 yil noyabr Zavodning poydevor qo‘yish
marosimi va qurilishning rasmiy boshlanishi
- 2011 yil iyul Birinchisi ishlab
chiqarilgan GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasida dvigatel
- 2011 yil avgust O‘zbekiston Prezidenti
Islom Karimov GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasiga tashrif buyurdi
- 2011 yil noyabr Zavodning ochilish
marosimi GM Powertrain Uzbekistan
- 2012 yil iyun 1,2 litrli yangi
dvigatellarni muntazam ishlab chiqarish boshlandi
- 2019 yil oktyabr “O‘zAvtoSanoat” AK va GM
O‘zbekiston avtomobil sanoati rivojlanishini aks ettiruvchi qo‘shma
korxonadan Alyans tuzilmasigacha bo‘lgan hamkorlikning yangi bosqichiga
o‘tdi.
- 2019 yil noyabr Kompaniyaning nomi OAJ deb
o'zgartirildi General Motors Powertrain Uzbekistan “UzAuto Motors
Powertrain” AJda
- 2020 yil iyul oyining yubiley soni 1 000
000 dvigatel
- 2022 yil dekabr CSS Prime dvigatellarini
ishga tushirish 1,2 LIF va 1,2 L4H
- 2023 yil Iyun – CSS Prime oilasiga mansub
1.2 LIF va 1.2 L4H Blok silindrlari va Blok silindr kallaklariga mexanik
ishlov berish liniyasi ishga tushirildi;
- 2024 yil may – CSS Prime oilasiga mansub
1.2 LIF va 1.2 L4H dvigatellari uchun validattsiyadan o'tgan dastlabki
silindr bloklari partiyasi ishlab chiqarildi.
Umid
qilamizki, xalqaro grant doirasida universitetimizda Janubiy Koreyaning
Keymyung Kollej Universiteti bilan hamkorlikda mexatronika, robototexnika
soxalarida salmoqli ishlar amalga oshiriladi. “UzAvto Motors Powertrain”
kompaniyasiga tashrif buyurgan barchada Yangi O’zbekiston ravnaqi uchun
davlatimizda olib borilayotgan odil siyosat, ta’lim va ishlab chiqarishda
integratsiya bo’yicha qabul qilingan isloxotlarning mamlakatning yorqin istiqboli
yo’lida ijobiy natijalarni berishiga yanada umid berdi.
https://umpt.uz/page/about_company
Information by the Digital Education Innovation Service Centre







