Universitetimiz raxbari va Janubiy Koreya vakillarining “UzAvto Motors Powertrain” zavodiga tashrifi

11.02.2025

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

Universitetimiz raxbari va Janubiy Koreya vakillarining   “UzAvto Motors Powertrain” zavodiga tashrifi


Joriy yilning 7 fevral sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich va Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universitetidan tashrif buyurgan xamkorlarimiz xalqaro grant doirasida “UzAvto Motors Powertrain” zavodiga tashrif buyurishdi.

Shuni eslatib o’tamizki, “Xalqaro hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet” granti dasturi bo’yicha “Education Competency Enhancement Project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University in Uzbekistan” (01.04.2024-31.03.2029) xalqaro loyixa o’z faoliyatini 2024 yil 1 aprel sanasidan boshlagan edi.

Mazkur tashrifda Janubiy Koreyadagi loyihaning ishtirokchilari Prof.Hae Woon Choi, Dr.Donggeon va universitetimizdan Prof.R.Baratov, dotsent G.Eshchanova, Prof.A.Gapparov ham qatnashishdi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich “UzAvto Motors Powertrain” kompaniyasi raxbari bilan uchrashuvi davomida universitet hamda zavod hamkorligida iqtidorli talabalar uchun kelgusida yaratilishi maqsadga muvofiq bo’lgan keng imkoniyatlar haqida o’zaro kelishib olindi.Universitetimiz qatnashayotgan Janubiy Koreyaning xalqaro grant haqida ham yetarlicha ma’lumotlar berib o’tildi. Universitetimizda Xalqaro Mexatronika texnikumini yo‘lga qo‘yish orqali mexatronika va robotexnika yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti ilg‘or texnologiyasi va tajribasi asosida tayyorlashdagi rejalashtirilgan vazifalarga ham qisqacha to’xtalib o’tildi.Xalqaro grant doirasida universitetizda “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi” (Digital Education Innovation Support Centre)ni tashkil qilish, mamlakatimizda raqamli ta’lim va innovatsiyani rivojlantirishda qabul qilingan isloxotlar, xalqaro Mexatronika texnikumida faoliyat olib  boruvchi professor-o’qituvchilar va talabalarning turli xalqaro platformalari orqali samarali faoliyatni amalga oshirish, O’zbekistonda qizlar va ayollarni daromadlarini oshirish, Gender tenglik kabi masalarni xal qilishga qaratilganligi “UzAvto Motors Powertrain” kompaniyasi bilan bir qator xamkorlikda faoliyatlarni aniqlab olishga zamin yaratdi.

Tashrif buyuruvchilarga «UzАuto Motors Powertrain» kompaniyasi benzin va ikki yoqilgʼilik B-DOHC (Double Overhead Camshaft) ikkinchi avlod dvigatellarini, shuningdek O'zbekiston bozori uchun eng maqbul quvvat va yoqilg'i sarfiga mos ravishda loyihalashtirilgan turbo va atmosferalik CSS (Cylinder set strategy) Prime dvigatellarini ishlab chiqarib,  Onix, Tracker, Cobalt modellari uchun xajmi 1,2 l va 1,5 l. Dvigatellari ham mavjudligi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek,“UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasida dvigatelning asosiy tarki biy qismlari, tirsakli val, silindr bloki, silindr bloki kallagini ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi va bu zavod ishlab chiqarish jarayonining bir qismi hisoblanishi, mahsulotlar sifat standartlari bo’yicha jahon talablariga va GM - GMS (Global Manufacturing System) ishlab chiqarish tizimi talablariga javob berishi bo’yicha to’xtalib o’tildi.

 Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universitetidan tashrif buyurgan xamkorlarimizga kompaniyaning asosiy xususiyati uning Markaziy Osiyoda silindr bloki uchun alyumin kallagi qismlari ishlab chiqaradigan birinchi va yagona zavod ekanligi, Quyish va yig'ish bo’limlari bir joyda joylashganligi va bu tarkibiy qismlarni tashish narxini pasaytirishi zavodning haqiqatan ham noyob ishlab chiqarishni yo’lga qo’yganligi haqidagi ma’lumotlar yaxshi taassurot qoldirdi.

Shunisi muximki, barcha “UzAuto Motors Powertrain” xodimlari GM kompaniyasining global ishlab chiqarish jarayonlarini o’rgangan va puxta tayyorgarlikdan o’tgan. Ko'plab mutaxassislar chet elda malaka oshirib, GM ning boshqa korxonalarida tajriba orttirishgan. Kompaniya katta yo'lni bosib o'tdi va integratsiyalashgan sifatning yuqori darajasiga ko'tarildi va shu orqali 2014-yilda ISO 9001 sifat sertifikati, 2015-yilda General Motors "BIQ 3" va 2018-yilda "BIQ 4" sifat sertifikatiga erishdi.

 Darxaqiqat, “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasi atrof-muhitni muhofaza qilishga ham katta ahamiyat berib kelmoqda.2014-yilda kompaniya ekologik menejment tizimini joriy qildi va ISO 14001 xalqaro sertifikatiga ega bo'ldi. 2018-yilda esa energiya sarfini kamaytirish va energiya tejash madaniyatini oshirishga erishgan holda ISO 50001 energiya menejmenti tizimini joriy etdi. Kompaniyada oqava suvlarni tozalash uchun noyob inshoot o'rnatilgan bo’lib, bu oqava suvlar tarkibidagi neft mahsulotlari miqdorini yuqori darajada tozalash imkonini beradi. 

“UzAuto Motors Powertrain” O’zbekiston avtomobillari uchun jahon sifat standartlariga mos keladigan dvigatellarni ishlab chiqaruvchi eng yaxshi ishchilarni yollovchi va iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan mamlakatimizning yetakchi korxonalaridan biri ekanligidan faxrlanadi.

 

Kompaniyaning rivojlanish tarixi va xronologiyasi quyidagilardan iborat:

 

  • 2008 yil oktyabr GM va “O‘zAvtoSanoat” AK o‘rtasida GM QK tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi Powertrain Uzbekistan, dvigatel ishlab chiqarish zavodi.
  • 2008 yil noyabr Zavodning poydevor qo‘yish marosimi va qurilishning rasmiy boshlanishi
  • 2011 yil iyul Birinchisi ishlab chiqarilgan GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasida dvigatel
  • 2011 yil avgust O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasiga tashrif buyurdi
  • 2011 yil noyabr Zavodning ochilish marosimi GM Powertrain Uzbekistan
  • 2012 yil iyun 1,2 litrli yangi dvigatellarni muntazam ishlab chiqarish boshlandi
  • 2019 yil oktyabr “O‘zAvtoSanoat” AK va GM O‘zbekiston avtomobil sanoati rivojlanishini aks ettiruvchi qo‘shma korxonadan Alyans tuzilmasigacha bo‘lgan hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tdi.
  • 2019 yil noyabr Kompaniyaning nomi OAJ deb o'zgartirildi General Motors Powertrain Uzbekistan “UzAuto Motors Powertrain” AJda
  • 2020 yil iyul oyining yubiley soni 1 000 000 dvigatel
  • 2022 yil dekabr CSS Prime dvigatellarini ishga tushirish 1,2 LIF va 1,2 L4H
  • 2023 yil Iyun – CSS Prime oilasiga mansub 1.2 LIF va 1.2 L4H Blok silindrlari va Blok silindr kallaklariga mexanik ishlov berish liniyasi ishga tushirildi;
  • 2024 yil may – CSS Prime oilasiga mansub 1.2 LIF va 1.2 L4H dvigatellari uchun validattsiyadan o'tgan dastlabki silindr bloklari partiyasi ishlab chiqarildi.

 Umid qilamizki, xalqaro grant doirasida universitetimizda Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti bilan hamkorlikda mexatronika, robototexnika soxalarida salmoqli ishlar amalga oshiriladi. “UzAvto Motors Powertrain” kompaniyasiga tashrif buyurgan barchada Yangi O’zbekiston ravnaqi uchun davlatimizda olib borilayotgan odil siyosat, ta’lim va ishlab chiqarishda integratsiya bo’yicha qabul qilingan isloxotlarning mamlakatning yorqin istiqboli yo’lida ijobiy natijalarni berishiga yanada umid berdi.

 

                                       https://umpt.uz/page/about_company

            Information by the Digital Education Innovation Service Centre