Muzeyga tashrif
11.02.2025

Joriy yilning 11 - fevral kuni “Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari X.Saidova va I.Axmedovalar boshchiligida fakultetning qiziquvchan, ijodkor faol yoshlari bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi "Sergey Borodin" uy muzeyga tashrif buyurishdi.
Ochiq chehra bilan barchani kutib olgan muzey nazoratchisi muzey haqida to‘liq ma’lumot berdi hamda ijodkorning hayoti va ijod yo‘llarini so‘zlab berdi. Ajdodlarga hurmat har bir avlod qalbida bo‘lishi lozimligi, ular qalblarda mangu yashayotgani yoshlarga alohida eslatib o‘tildi. Talabalarning fikr va mulohazalari ham tinglandi. Talaba yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar zamirida ajdodlar merosini o‘rganish, ulardagi ibratni hayotida qo‘llagan holda mustaqil hayot yo‘lida o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish masalasi turibdi. Zero, bu singari harakatlar talabalarga ma’naviy ozuqa berishiga ishonamiz.
"Ekologiya va huquq" fakultet tyutorlari X.Saidova va I.Axmedovalar axboroti
Universiteti matbuot xizmati