“Yashil Yurak” Jamiyati va “Eco Qulay” Hamkorligida Navbatdagi Uchrashuv

11.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “Sustainable Lifestyles in Higher Education” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Yashil Yurak” jamiyati atrof-muhitni asrash va barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Jamiyatimiz a’zolari 10-fevral kuni navbatdagi uchrashuvni hamkorimiz “Eco Qulay” (t.me/eco_qulay) jamoasi bilan “Plastiklar davri” mavzusida o‘tkazdi. Tadbir davomida plastik materiallarning atrof-muhitga ta’siri, ularni qayta ishlash imkoniyatlari hamda barqaror yechimlar bo‘yicha qizg‘in muhokamalar olib borildi.

  Jamiyatimiz saflari tobora kengayib, ekotizimga befarq bo‘lmagan talabalar soni ortib bormoqda. Agar siz ham atrof-muhit himoyasi va barqaror yashash tamoyillariga qiziqsangiz, bizga qo‘shilishingiz mumkin! “Yashil Yurak” jamiyatining rasmiy kanali orqali jamoamizga a’zo bo‘lish uchun quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin: t.me/yashil_yurak_jamiyati_UZ  

Murojat uchun: @ZulfiyaKannazarova

Keling, tabiatni asrash yo‘lida birlashaylik va yashil kelajak sari qadam tashlaylik!

Loyiha muallifi: "Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova