"So‘z sultoni-Navoiy" nomli tadbir

11.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar davomida butun bashariyatni hayratga solib, insonlar zehni va qalbiga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini hali hamon taratmoqdaki, mamlakatimizda har yili 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlanib keladi. "TIQXMMI" MTU "Iqtisodiyot" fakulteti "Ingliz tili" kafedrasi o‘qituvchilari Nargiza Yuldashova va Go‘zal Inagamova boshchiligida "QXM" 101-guruh talabalari tomonidan "Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi"da "So‘z sultoni - Navoiy" mavzusida tadbir tashkil etildi. Talabalar tomonidan Navoiy ijodiga mansub asarlardan parchalar, g‘azal va ruboiylar o‘qildi. Tadbirdan so‘ng, muzeyda o‘rin olgan adabiyotimiz tarixiy namunalari keng o‘rganildi.

  Navoiyni o‘qish va uqish, o‘rganish, targ‘ib qilish, ayniqsa, yoshlarimizga o‘zligini anglatish, ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida, umuminsoniy g‘oyalar asosida tarbiyalash har bir ta’lim maskanidagi xodimlarning vazifasidir.

"Ingliz tili" kafedrasi o‘qituvchisi N.Yuldashova axboroti

Universitet matbuot xizmati