Salom-mehr darvozasining kalitidir
10.02.2025

Salomlashish odobi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, hurmat va mehr-oqibatni oshirishga xizmat qiladigan omildir. Salomlashishning inson ruhiyatiga va ijtimoiy muvaffaqiyatga ta’sirini psixologik nuqtayi nazardan tushuntirish maqsadida 2025-yil 10-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va "Yer resurslari kadastri" fakulteti katta o‘qituvchisi Z.Xafizovalar hamkorlikda 5-bino 209-auditoriyada "Yer resurslari kadastri" fakulteti 103-106-guruh talabalari bilan birgalikda “Salom tinchlik ramzi” shiori ostida seminar trening tashkillashtirdilar.
Mashg‘ulotning vazifasi:
- Talabalarning madaniyati va axloqiy tarbiyasini oshirish;
- Jamiyatda o‘zaro hurmat va samimiylik muhitini shakllantirish;3. E’tiborlilikni kuchaytirish;
- E’tiborlilikni kuchaytirish;
- Ijtimoiy moslashuv: yangi jamoaga tezda moslashish xususiyatini o‘stirish;
- Xushmuomalalik fazilatlarini shakllantirishdan iborat.
Tadbirda salomlashish odobiga doir qiziqarli ma’lumotlar haqida so‘z yuritildi.
Seminar treningda barcha ishtirokchilar "Salom-mehr darvozasining kalitidir" iborasi asosida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Psixologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra: inson bir-biriga samimiy salom berganda miyada baxt gormoni (endorfin) ajralar ekan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak: salomlashish insonni poklaydi, munosabatlarni yaxshilaydi va mehr-oqibatni kuchaytiradi. Har bir inson odob bilan salom berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Har kuni tabassum bilan salomlashish nafaqat boshqalarga, balki o‘zimizga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bugungi o‘tkazilgan trening natijasida talabalar nafaqat salomlashish odobi haqida mukammal o‘rgandilar, balki kundalik hayotda qo‘llash orqali yanada madaniyatli va hurmatga loyiq shaxs sifatida shakllanishga doir yangi va manfaatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati