Hazrat Navoiy - barhayot siymo
09.02.2025

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi.
2025-yilning 9-fevral kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Alisher Navoiyning 584-yilligiga bag‘ishlab «Adiblar xiyoboni”da o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etishdi.
Tadbirlar universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar keng ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida A.Oripov haykali oldida she’rxonlik kechasi tashkil etildi. Unda iqtidorli shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi Abdunabi Boyqo‘ziyev qahramon shoir Abdulla Oripov haqidagi xotirotlarini o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar A.Navoiy nomidagi “Adabiyot muzeyi”da ham bo‘lib olam-olam taassurot va ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Universitet matbuot xizmati





